У нас есть только
оригинальные песни

Avstraliya shimolida yashovchi aholi timsohlar xavfining oshgani to'g'risida ogohlantirildi

calendar 28.12.2015
1080

                  

Avstraliyaning shimoliy qismida kuzatilgan suv toshqinlari sababli aholi ommaviy evakuatsiya qilish boshlandi, yo'llar bekitilgan bo'lib, timsohlarning hujumlari to'g'risida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda 28 dekabr kuni The New Zealand Herald nashri ma'lum qildi.

Tinimsiz yoqqan musson yomg'irlari sababli Deyli daryosi sathi ko'tarilib, shu nomdagi kommunani suv bosgan. Bu erdan Darvin shahriga 500 kishi evakuatsiya qilingan, ularning 390 nafari ko'rgazma kompleksiga joylashtirilgan. Hozirga qadar bir kishining tabiiy ofat qurboni bo'lgani xabar qilindi. Yana bir kishi bedarak yo'qolgan, deb hisoblanmoqda. The Guardian nashrining ma'lum qilishicha, 28 yoshli erkak yo'qolgan, uni qidirishga vertolyot jalb etilgan.

Shu bilan birga, etib borish qiyin bo'lgan Nauiyu aholi punktida timsohlarning paydo bo'lgani aytilmoqda. Bir necha yirtqich mahalliy futbol maydoniga kirib olgan bo'lsa, yani birini ikkita itni eb turganda ko'rishgan.

Shu munosabat bilan Shimoliy hududlarda parklar va yovvoyi tabiat hayotini saqlash bo'yicha komissiya Facebook`dagi sahifasida odamlarni ogoh bo'lishga chaqirdi.
“Rojdestvo va Yangi yilda timsohlardan ehtiyot bo'ling, suvga besh metrdan ortiq yaqinlashmang, timsohlar Shimoliy hududlardagi har qanday suv havzasida bo'lishi mumkinligini unutmang. Siz ularni ko'rmasligingiz mumkin, lekin ular sizni emas!” – deyiladi xabarda.
Meteorologlarning bashoratiga ko'ra, vaziyat yaqin kunlarda barqarorlashadi va shundan so'ng evakuatsiya qilinganlar o'z uylariga qaytishlari mumkin.

Яндекс.Метрика