У нас есть только
оригинальные песни

Avstraliyada poezd izdan chiqishi tufayli 200 ming litr sulfat kislota to'kilib ketdi

calendar 27.12.2015
944

                  

Avstraliyaning Kvinslend shtatida yuk poezdi relsdan chiqib ketishi tufayli sulfat kislota to'kilib ketgan. Bu haqda Brisbane Times nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, poezddagi 26ta vagonning barchasi ag'darilib ketgan. Bu voqea sodir bo'lgan joydan 2 km radiusdagi hudud taqiqlangan hudud sifatida e'lon qilingan va bu yo'lda poezdlar harakati to'xtatilgan.

Ushbu hodisa tufayli 3 kishi shifoxonaga olib borilgan. Halok bo'lganlar borligi haqida ma'lumot yo'q.

Яндекс.Метрика