У нас есть только
оригинальные песни

Avstraliyada yuqumli saratonning yangi turi aniqlandi

calendar 31.12.2015
1427

Xaltali yirtqichlar oilasiga mansub tasman iblislarida transmissiv yomon sifatli o'smaning yangi (ikkinchi) shakli aniqlandi. Kashfiyot yuqtirish orqali o'tuvchi saraton tabiatda qabul qilingandan ko'ra ko'proq uchrashi va odamda “yuqumli saraton” xatari borligidan darak beradi.

Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan maqoladaso'zlangan.

Bugungi kunda fanga yuqumli saratonning uch turi ma'lum: itlarda (transmissiv venerik sarkoma (o'sma), qum chig'anoqlarida va tasman iblislarida. “Normal” saratondan farqli, bu o'smalar bir hayvondan ikkinchisiga tirik saraton hujayralari orqali o'tadi. Tasman iblisining yuz o'smasi (DFT1) 1996 yilda tasvirlab berilgan. Unga kasallangan hayvonlarning bir necha oyda 100 foiz o'lishi xos. Yomon sifatli o'sma hayvonning tumshug'idan butun tanasiga yoyilib ketadi va natijada hayvon ovqatlanish imkoniyatini yo'qotadi. Hayvonlarning tajovuzkorligi va bir-birini tishlashi kasallikning tarqalishiga sabab bo'ladi.

Yaqinda olimlar Tasmaniyaning janubida yuqumli o'smaning 2-shakli – DFT2 ni aniqlashdi. Tashqi ko'rinishdan ikki turdagi yuz o'smalarini bir-biridan ajratib bo'lmaydi, biroq irsiy nuqtai nazardan ular orasida hech qanday umumiy jihat yo'q.

Hozirda olimlar yuqumli yuz o'smalarining hozircha noma'lum bo'lgan yangi turlarini qidirishmoqda. Bundan tashqari, bu kashfiyot “yuqumli saraton” odamlarga ham xatar solishini ko'rsatadi. Bu kasallik avval o'ylangandan ko'ra, yangi sharoitlarga yaxshiroq moslashishi aniqlandi. Saraton hujayralari yangi ekologik sharoitlarga yaxshi moslashib olgan. Yuqumli saraton tasman iblislarining o'ziga xos jihatlari tufayli paydo bo'lgan bo'lsa ham, ularning turli xildaligi bu kasallikning odamda ham paydo bo'lishi ehtimoli borligi haqida o'ylashga majbur qiladi, deb aytmoqdalar olimlar.

Яндекс.Метрика