У нас есть только
оригинальные песни

Avstraliyalik o'smirlar kenguruni botqoqlikdan qutqarishdi

calendar 06.05.2018
742

Ikki 19 yoshli avstraliyalik Sidney chekkasidagi Nepin daryosining qurigan hududidan kichik kenguruni qutqarishdi. Ular mototsiklda o'tib ketayotganlarida balchiqda nimadir qimirlayotganini ko'rishdi. Bu suv izlab shu yerga kelib qolgan va bo'y baravar loyga botgan kichik kenguru edi. 

O'smirlardan biri - Jyek 30 metrli arqon topib keldi,  ikkinchisi - Nik esa uni beli atrofiga bog'lab, jonivorni qutqarishga shoshildi. U mo'ljalga yetgach, do'stiga ishora qildi va Jyek ularni botqoqlikdan tortib oldi.

Qirg'oqqa chiqqach, o'smirlar kenguruni Jonivorlarni qutqarish jamoasi - WIRES Australian Wildlife Rescue'ga topshirishdi.

"Agar yana shunday bo'ladigan bo'lsa, biz yana xuddi shunday yo'l tutamiz", - deya ishonch bilan ta`kidlashdi ular.

Hozir jonivor o'ziga kelmoqda: u uzoq vaqt botqoqlikda yotgan va suvsizlik hamda ochlikdan jabrlangan. Qutqaruvchilar uni ehtiyotkorlik bilan iliq suvda yuvintirishdi, tinchlantirishga harakat qilishdi va suv berishdi.

Bugunga kelib kenguru sog'lom, biroq qutqaruvchilar xizmati xodimlari miopatiya - mushaklar kasalligidan xavfsirashmoqda.

Яндекс.Метрика