У нас есть только
оригинальные песни

Avtohavaskorlarga jaziramani yengishda asqatadigan 10 maslahat

calendar 13.07.2018
1119

Yozda pechkani nega yoqish kerakligi, bitum dog'laridan qanday qilib tezda xalos bo'lish va mashinani nega bot-bot yuvib turish kerakligini bilib olasiz.

Favqulodda jazirama — avtomobillar uchun qahraton qishning chillasidek keskin sinov hisoblanadi. Yuqori haroratdan asfaltlar eriydi, mashina kapoti shu qadar qiziydiki, hattoki uning ustiga tuxum chaqib, quymoq pishirish mumkin. Mashinaning kutilmaganda buzilishi va yozning jaziramasida jon saqlash uchun «Layfxaker» o'z maslahatlarini beradi.

1. Sovutish tizimini ko'zdan kechiring

Agar tizimni texnik xizmat ko'rsatish ko'rigidan o'tkazmagan bo'lsangiz, buni cho'zishga hojat qolmagan. Kengaytiruvchi bachokda, albatta, antifriz sathini tekshiring. Zaruriyat tug'ilganda belgilangan sathlarga qarab suyuqlik quyib yuring. Faqat kuyib qolmaslik uchun bu ishni dvigatel sovuganda amalga oshiring.

Barcha patrubkalar va radiatorni tekushirib, suyuqliq oqmayotganiga ishonch hosil qiling. Yodda tuting, sovituvchi suyuqlikning ham cheklangan, amal qilish muddati bor va markasiga qarab ikki yildan 5 yilgacha muddatni yoki 20 mingdan 40 ming kilometr yo'lni qamrab oladi. Vaqt o'tishi bilan u ifloslanadi va o'z xossasini yo'qotadi. Agar antfrizni so'nggi marta qachon almashtirganingizni eslay olmasangiz, eskisidan tezroq kutilib, yangisini quyib olganingiz ma`qul.

Qizitilgan dvigatelda radiatorning ventilyatori ishlayotganiga ham ishonch hosil qiling. Agar u ishlamayotgan bo'lsa, avtoelektrikka murojaat qilib, nosozlikni bartaraf eting. Aks holda kichik tezliklarda yoki tirbandliklarda qolib ketganda — sovutish uchun havoning oqib kiritishi yetarli bo'lmaganida antfrizning qaynashi ehtimoli oshadi.

2. Mashinani tez-tez yuving

Yozda loyqa va loy kamroq bo'lishiga qaramasdan, yilning boshqa fasliga nisbatan mashina ko'proq yuvib turilishi kerak. Kamida haftasiga bir marta, yaxshisi ikki marta. Gap shundaki, biror joyda mashina qoldirilgach, chang g'uborlari va qushlarning tezagi tushib, mashina bo'yog'ining notekis kuyishiga sabab bo'ladi va kuzovda bilinar dog'lar paydo qiladi. Toza avtomobil (To'q tuslisi ham) quyosh nurlarini yaxshi qaytaradi va shu yo'l bilan lok-bo'yoq qoplamasiga salbiy ta`sirni kamaytiradi.                                        

3. Radiatorni kirdan tozalang

Dvigatel va konditsioner radiatorini toza tutishni aslo unutmang. Harakat mobaynida unga chang, o'simliklar tiviti, chivin va hashoratlar va boshqa chiqindilar kirib qoladi va yupqa uyachalarni to'ldirib, sovutishni qiyinlashtiradi. Radiatorni vaqti-vaqti bilan tozalab, uni doim toza tutib yurishni odat qilish kerak. Tozalash uchun yuqori bosimli yuvish apparatidan foydalanish kerak va unchalik kuchli bo'lmagan oqim bilan dvigatel tarafdan — iflos narsalarni tashqariga chiqadigan qilib tozalash kerak. Ifloslanish darajasi u qadar ko'p bo'lmaganida uyachalarni qisilgan havo bilan puflab yuborish mumkin.

4. Dvigatel «qaynab» ketsa aslo sarosimaga tushmang

Agar harorat strelkasi qizil zonaga borsa va kapot ostidan bug' urib chiqsa, qo'rqib ketmaslik kerak. Buning uchun pechkani issiqlikni o'ziga olishi va sovutuvchi suyuqlikning haroratini tushirish uchun maksimumga yoqib qo'ying. Keyin darhol to'xtang yoki kichik aylanmalarda harakatni davom ettirib to'xtash uchun joy qidiring.

Dvigatelni o'chiring, lekin radiator parragi aylanib turishi uchun o't oldirishni o'chirmang. Motor bo'lmasidan chiqayotgan bug'da kuyib qolmaslik uchun qo'lqoplar yoki latta yordamida kapotni sekin oching. Bir necha daqiqa kutib turib, ortiqcha bosimdan qutilish uchun ehtiyotkorlik bilan kengaytiruchi bachok qopqog'ini oching.

Dvigatel sovugach muammoni bartaraf etish uchun yaqinroqdagi avtoservisga yo'l oling, bunda sovutuvchi suyuqlik sathini ko'tarib oling. Ideal holatda xuddi o'sha antifriz bo'lsa yaxshi, lekin qo'l ostingizda antifriz bo'lmasa distillangan suv quyish mumkin. Hech topilmasa oddiy suv ham bo'laveradi, biroq bundan keyin antfrizni imkon qadar tezroq almashtirishga to'g'ri keladi.

5. Salonni quyoshdan himoyalang

Mashina avtomobillar to'xtash joyida uzoq vaqt quyoshning tig'ida qolib ketadi. Qandaydir yarim soat ichida mashina saloni ichidagi harorat 50-60 °S ga yetadi va uni duxovkaga aylantiradi. Pribor paneli plastiki qizib, yorilishi mumkin, charm qismlar qurib, o'z ko'rinishini yo'qotadi. Oddiy matodan qilingan qoplamalar ham quyosh nurlari ostida o'z tusini yo'qotadi.

Salonda yondirgich chaqmoq, telefon va akkumulyatorga ega boshqa elektron gadjyetlarni qoldirmang, ular qizib ketib, yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Qizishni susaytirish va qoplamalarning kuyib ketishidan old oynalar uchun maxsus nur qaytaruvchi ekranlar saqlashi mumkin. Ular so'rg'ich yopishmalar yordamida osongina o'rnatiladi va quyosh nurlarining salonga tushishidan asraydi va haroratni 10 darajaga pasaytiradi.

6. Rul haqida ham o'ylang

Agar mashina old oyna ostida nur qaytaruvchi ekransiz uzoq vaqt oftobda tursa, rul shu qadar qiziydiki, uni ochiq qul bilan ushlashning imkoni bo'lmay qoladi. Bu yoqimsiz holatdan osongina qutilish mumkin. Mashinani avtoturargohda qoldirishdan avval rulni 180 darajaga burib qo'yish kerak bo'ladi. Natijada rulning pastki qismi qiziydi va ko'pincha qo'l bilan ushlanadigan yuqori qismi sovuqligicha qoladi.

7. Haydashga shoshilmang

Qizib yotgan salonga o'tirish — yoqimsiz. Shuning uchun yo'lga tushishdan avval salonni biroz shamollating. Buning uchun mashina derazalari va eshiklarini 1-2 daqiqaga ochiq qoldiring va ichkaridagi harorat tashqaridagi harorat bilan tenglashib olishini kuting.

Konditsionerli va iqlim nazoratiga ega avtomashinalar egalari ham shunday harakat qilishgani ma`qul. Yoki sovutishni darhol maksimumga qo'ymaslik kerak. Aks holda haroratlar o'rtasidagi katta farq tufayli old oynaga yo'naltirilgan sovuq havo oqimi oynaning darz ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

8. Sachragan bitum dog'laridan qutiling

Jaziramaning yoqimsiz oqibatlaridan biri — qizib yotgan asfalt uzra sayrdan so'ng disk, qanotlar va eshiklarda paydo bo'ladigan bitum dog'laridir. Baxtga ko'ra, ularni alohida bir mahoratsiz bartaraf etish mumkin. Osoni — bu muammo bilan avtomobillarni yuvish dargohiga murojaat qilish, biroq o'z kuchingizni ishga solsangiz ham bo'ladi.

Kuzovni tozalash uchun bitum dog'larini ketkazadigan spreylardan foydalaniladi. Tarkib ifloslangan joyga sepiladi va 1-2 daqiqa kutiladi va toza gubka bilan tozalanadi. Agar qo'l ostingizda maxsus vosita bo'lmasa, oddiy spirt yoki kerosindan foydalanish mumkin. Ular bitumni eritadi va kuzovni tozalashda asqotadi. Asosiysi — lok qoplamasi xiralashib qolmasligi uchun dog'larni yumshoq gubka bilan 20-25 ortiq vaqt artmaslik kerak.

9. Mashinada sovuq suv zaxirasini saqlang

Mashinada har doim suv idishi bo'lishi kerakligini hamma biladi. Uni har doim sovutilgan holda saqlashni esa hamma ham bilmaydi. Konditsioner yoki iqlim nazorati o'rnatilgan deyarli barcha mashinalarda maxsus zaslonka bo'lib, sovuq havo oqimini bardachokka yo'naltiradi va uni o'ziga xos suv saqlaydigan sovutkichga aylantiradi. Zaslonka bardachokning ichki devorlaridan birida joylashgan bo'lib, uni burash yoki siljitish bilan niyatga yetish mumkin.

10. Ichimliklarni qo'lbola vositalar bilan oching

Agar qo'l ostingizda shisha idishlarni ochish uchun ishlatiladigan ochqich bo'lmasa mashinadagi narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, gazlangan suv yoki limonadni xavfsizik kamarining metall uchi bilan ochish mumkin.

Яндекс.Метрика