У нас есть только
оригинальные песни

Avtomobil haydovchilari orasidagi mish-mish naqadar asosli?

calendar 12.11.2016
3030

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, avtotransport vositalariga beriladigan davlat raqamlariga oid xabarlar keng tarqalmoqda. Facebook, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda avtomobillarga beriladigan davlat raqamlarining turli namunadagi ko'rinishlari va ularga belgilangan narxlar aks etgan jadval havola etilmoqda. Unga ko'ra, xususan, davlat avtomobil raqamlari: “platina”, “oltin”, “kumush” va “bronza” deb nomlangan to'rt toifaga ajratilganini ko'rish mumkin. Jumladan, “platina” toifasidagi 001, 005, 007, 500, 555, 777 kabi raqamlar to'plamidan 7 juft borligi va har bir raqam egasi bo'lish uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida, ya`ni 29 mln 955 ming so'm davlat boji to'lash belgilanganligini ko'rish mumkin. “Oltin” toifasidagi raqamlar guruhi uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravari 14 mln 977 ming 500 so'm to'lash kerak bo'ladi.

Biroq, ushbu masala bo'yicha Toshkent shahar DAN boshqarmasiga murojaat qilganimizda, boshqarmaning o'zini To'ychiyev deb tanishtirgan xodimi, bu kabi turli xil asossiz ma`lumotlarga ishonish kerakmasligini ta`kidladi. U, shuningdek, avtomobil davlat raqamlari tasodifiy tanlov asosida berilishini qayd etdi.

Яндекс.Метрика