У нас есть только
оригинальные песни

Avtomobillar “tonirovka”sidan 5 kun ichida davlat budjetiga 1 milliarddan ortiq pul tushdi

calendar 31.08.2018
817

Mashina oynalarini qoraytirish pullik bo‘lganini eshitganlar uning qimmatligidan noligan edi. Bugungi kunda mashina oynalari uchun 16 milliondan ortiq so‘mni ayamaydiganlar topilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Toshkent shahar IIBB, YHX ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilning 23—28-avgust kunlarida 77 kishi mashina oynalarini tonirovka qildirgan bo‘lib, ularning 30 nafari yuridik shaxsdir. Ushbu to‘lovlardan davlat budjetiga jami 1 443 069 000 so‘m tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil oynalarini qoraytirish uchun qo‘yilgan narxlar quyidagicha belgilangan:

jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m);

yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m);

xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m).

O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Яндекс.Метрика