Rossiyaning "AvtoVAZ" kompaniyasi xodimlari sonini qisqartirish va 15 ming nafar ishchini ishdan bo'shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tltgorod.ru nashri o'z manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Qayd etilishicha, qisqartirishlar yaqin oylar ichida amalga oshiriladi.
Yangiliklar saytida ma'lum qilinishicha, bu masala kompaniya prezidenti Bu Anderson va vitse-prezident Olga Golodets, shuningdek kompaniyaning ijtimoiy siyosat bo'limi rahbari Timur Butov hamda mehnat vaziri Maksim Topilin o'rtasidagi uchrashuvda muhokama qilinishi kutilmoqda.
Xabarda yozilishicha, ishchilarga bu haqda oktyabr oyida ma'lum qilinadi, yangi yilning birinchi oyidan ishdan bo'shatishlar boshlanadi.
O'z navbatida, RBK nashrida aytilishicha, kompaniya Priora rusumli mashinalar ishlab chiqaruvchi konveyerini yopmoqchi.