Avvallari faqat orzu qilinishi mumkin bo'lgan g'aroyib texnik yangiliklar

Bir necha yil avval smartfon, 8 gigabaytlik xotira kartasi va giroskuter eng zo'r texnik yangilik sanalardi. Hozirda hayotni osonlashtiradigan ko'plab qurilmalar paydo bo'lyapti. Biz allaqachon mavjud, biroq bir necha yildan keyin ularsiz qanday yashaganimizni unutib yuborishimiz ehtimoli katta bo'lgan texnologiya va qurilmalarni izlab topdik.

Hayotni haqiqatan ham osonlashtiradigan texnik yangiliklar haqida so'z boradi. Agar to'plamda o'zingiz uchun qiziq narsa topsangiz, bundan xursand bo'lamiz.

1. Kompyuterni boshqarish uchun bilakuzuk

Kai — imo-ishoralarni nazorat qiladigan dunyodagi birinchi  universal qurilma. U yordamida kattalashtirish, kitobni varaqlash, aylantirish, ekrandagi ob`yektlarni kichkinalashtirish, dasturni yopish mumkin. Bu yagona qurilmadagi sichqoncha, klaviatura va joystikdir.

Bilakuzuk dizayner, dasturlovchilar va o'yin ishqibozlari uchun kompyuterda ishlashni osonlashtiradi. Mac, Windows yoki Linux’dagi istalgan qurilmaga Bluetooth orqali ulanadi. U bilan dronlarni boshqarish mumkin. Bu qurilma yana nimalar qila olishini mana bu yerda bilib olasiz.

2. Intererdagi buyumlarni  «sinab ko'rish»

IKEA Place ilovasida intererdagi istalgan buyumni kerakli joyga qo'yib ko'rish mumkin: stul, divan, dekorativ ko'za, shkaf, oshxona kombayni va boshqa ko'plab buyumlar. Yuqoridagi suratda dasturdagi 3D-g'aladon  va xariddan so'ng foydalanuvchiga olib kelingan haqiqiy g'aladon ko'rsatilgan. Ilova sotuvchilarni qaytarib berishlardan, xaridorlarni – xafsalani pir qiladigan tovarlardan xalos etadi.

Amazon kompaniyasi ham aynan shunday onlayn-sinovni taklif etadi. Bu servis unda quyidagicha ishlaydi:

Bundan tashqari, Amazon ilovasida nafaqat bo'lajak xaridni uyga «qo'yib ko'rish», balki suratdagi istalgan tovarni topish ham mumkin.

3. Ko'chma oziq-ovqat do'koni

Robomart — yangi mahsulotlarni yetkazib berish uchun haydovchisiz elektrokar. Dastur loyihachilarining aytishicha, ular dunyodagi eng qulay oziq-ovqat do'konini qurishmoqda. Yetkazib berish bepul, unga smartfondagi ilova orqali buyurtma berish mumkin.

Hozir bu sinov loyihasi, biroq  dunyodagi 50 ta kompaniya Robomart uchun buyurtma berishgan. Bunday  yetkazib beruvchilarning paydo bo'lishi Uber taksi sohasini o'zgartirgani kabi yetkazib berish sohasini o'zgartirib yuborishi mumkin.

4. HD-kamerali quyoshdan saqlovchi ko'zoynaklar

Spectacles V2 HD-sifatli foto va videolarni suratga oladi. Ko'zoynak g'ilofidan quvvat oladi va 3 mingga yaqin suratni saqlaydi, smartfon bilan sinxronlashadi. Mazkur ko'zoynaklar egalarining surat va videolarini Instagram orqali ko'rish mumkin.

Ko'zoynak attraksion, sayr, hovuz va bayram kechalarida foto va videolarni xavfsiz suratga olish imkonini beradi. Ular dam olishda a`lo darajadagi yordamchiga aylanadi: telefon va kamerani olish shartmas, ularni tushirib yuborish va ho'l bo'lishidan qo'rqmaysiz, qo'lingiz ham band bo'lmaydi. Turgan-bitgani huzur.

5. Yordamchi-kolonka

Bir vaqtning o'zida bir necha kompaniya anna shunday kolonkalarni ishlab chiqardi— AmazonEchoShow, GoogleHome, AppleHomePod, MicrosoftInvoke. Bugun aqlli ovozli yordamchi juda zarur buyum sanalmaydi. Biroq 10 yildan keyin hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi, xuddi smartfon kabi.

Kolonkadan ob-havoni bilish, undan musiqa qo'yish, yorug'likni o'chirish, uydagi haroratni nazorat qilish, sizni uyg'otish va belgilangan ishlarni yodga olishni so'rash mumkin.Unga xabarni yozish uchun aytib turish, pitssaga buyurtma berish va oyingizga qo'ng'iroq qilishni so'rasangiz ham bo'ladi. Yoki uyg'otgichni bekor qilish, arzimagan ish, biroq yoqimli.

6. AirBar har qanday noutbuk ekranini sensorli qiladi

AirBar har qanday noutbukka USB orqali ulanib, uning ekranini sensorli qilib qo'yadi. Bu noutbuk oldida ko'p vaqtini o'tkazadigan va yangisini sotib olmay, uning ishini oson va tez qilmoqchi bo'lganlar uchun qiziqarli yechim. Displey hajmiga qarab plankani tanlash kerak. U manna bunday ishlaydi:

7. Modulli akustik tizim

BeoSoundShape — istalgan vazifa: mehmonxonada film tomosha qilish, qahvaxona yoki restorandagi musiqali jo'rovoz uchun yig'ish mumkin bo'lgan modulli  akustik tizim.Kolonkalar istalgan xonada akustikani yaxshilaydi, ovoz sifati konsertdagi jonli ovozga mos qilib sozlangan. Musiqani telefon, planshet  yoki Bluetooth orqali boshqa qurilmalarda ham qo'yish mumkin.

8. Smartfon uchun eng arzon virtual reallik ko'zoynaklari

Aryzon — smartfonda uch o'lchamli tasvirlarni ko'rishga yordam beradigan ko'zoynaklar. Ishlab chiqaruvchilarning so'zlariga qaraganda, qo'shimcha reallikning eng ixcham va hammabop qurilmasi 29,99 €turadi. Aryzon orqali 3D modellarni tasavvur qilish, o'yinlar o'ynash mumkin. U linza va ko'zgu yordamida shunday loyihalashtirilganki, foydalanuvchi qo'shimcha narsa xarid qilishi shart emas. Qurilma yordamida tasvirlar manna bunday ko'rinadi:


Комментарии (1) | Добавить: 21.06.2018
1. hyra (22.06.2018 08:57)
Koilaaa
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi
Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so'ng o'g'illari bilan jurnalda chiqish qildi
Bir yillik tonirovka uchun bir yil ishlab pul topish kerak-mi?
Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi
Instagram’da yangi funksiya paydo bo'ldi
O‘zbekiston narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib oladi
Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi
O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish boshlanadi
Lionel Messi «Barselona»ga yangi o‘yinchi topdi
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma`lum qilindi
“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi
«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo'ldi
Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi
Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi
Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi
O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni O'zbekistonga olib kirish uchun boj to'lovi o'zgardi
O‘zbekistonda jamoat transportida videoregistrator majburiy tartibda o‘rnatiladi
O'zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Shahrisabz shahrida 1000 kishilik amfiteatr o'rnatiladi
GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi
O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor
Eden Azar “Real” bilan kelishuvga erishdi
Farzandi o'qituvchi bo'lishni istaydiganlar soni 3 foiz. Yig'ilishda bu vaziyat keskin tanqid qilindi
Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?
Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda