У нас есть только
оригинальные песни

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda

calendar 20.01.2017
1039

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT sohasidagi tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

“AKT sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik va biznes subyektlari o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni vaqtida aniqlash, byurokratik to‘siqlarning oldini olish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida AKT sohasidagi tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaymiz.

Buning uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizdan mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar asosida tegishli so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raydi”, — deyiladi matnda.

So‘rovnoma “Telekommunikatsiya” (aloqa tarmoqlari, mobil aloqa, raqamli televideniye), “Pochta aloqasi”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (“Elektron hukumat”, dasturiy ta’minot), “Axborot xavfsizligi”, “AKT sohasida kadrlar tayyorlash” kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

Яндекс.Метрика