У нас есть только
оригинальные песни

Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining respublika bosqichi 25—26-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

calendar 16.04.2018
983

Qur’on musobaqasi respublika bosqichining ayol-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari 25—26-aprel kunlari Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida joylashgan “Yoshlar ittifoqi” anjumanlar uyi (O‘zMU sobiq madaniyat saroyi)da bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqda “Muslimaat.uz” “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi – 2018” tashkiliy hay’at raisi Abduhakim qori Matqulovga tayanib xabar berdi. Shuningdek, “Navro‘z” qabullar uyida katta monitorlar qo‘yilib, tomoshabinlar uchun minglab o‘rinlar hozirlanmoqda.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar ham 21, 22, 23 va 24-aprel kunlari yuqorida zikr qilingan manzilda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. “Minor”, “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) va “Hazrati Imom” (Xastimom) masjidlariga tomosha uchun monitorlar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi markaziy masjidlarga o‘rnatiladigan katta ekranlar orqali ham musobaqa jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish mumkin.

Bellashuvda viloyatlardan 41 nafar (13 nafar hifz, 28 nafar tilovat yo‘nalishi bo‘yicha) va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlaridan esa 7 nafar (3 nafar hifz, 4 nafar tilovat yo‘nalishi bo‘yicha), jami 48 nafar qoriya qizlar o‘zaro musobaqalashishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика