У нас есть только
оригинальные песни

Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?

calendar 09.09.2018
3097

Seld balig'idan keyin sut ichish mumkin emasligi, turli mahsulotlardagi vitaminlar bir-biri bilan “kelisha olmasligi” va go'sht bilan birga ayrim mahsulotlarni iste`mol qilib bo'lmasligi to'g'risida.

Aytishlaricha, ba`zi mahsulotlarni birgalikda yeyish mumkin emas. Sho'r bodring ortidan ichilgan sut hazm qilinmaydi, desertga meva iste`mol qilish zarar degan tushuncha mavjud. Bir-biriga mos kelmaydigan mahsulotlar ro'yxati ortib, o'sib bormoqda. Bu borada mutaxassisning fikri bilan tanishing.

Anna Yurkevich
Gastroenterolog. To'g'ri ovqatlanish va hazm qilish tizimining salomatligi to'g'risidagi blog muallifi

Oldimizda nisbatan sog'lom odam degan shart bilan aytish mumkinki, uning oshqozon-ichak tizimi har qanday mahsulotlari birlashmasini hazm qila olishi kerak.

Istisno – u yoki bu mahsulotni hazm qila olmaslik. Agar odam organizmida sutni hazm qilish fermentlari yetishmasa, bunday mahsulotni iste`mol qilgach, navbatdan tashqari hojatxonaga borish ehtimoli ortadi. Bu vaziyatda u seld balig'ini yegani-yemagani muhim emas.

Yana boshqa misol: ayrim kishilarning ichaklari bir vaqtning o'zida katta miqdordagi fruktoza (ko'plab meva va sabzavotlar tarkibida bo'ladi)ni o'zlashtirolmaydi. Uning ko'p miqdorda bo'lishi ichak bakteriyalaridan foydalanilishiga olib keladi, natijada odam qorni dam bo'lganini his qiladi.

Boshqa tomondan, agar ovqatdan maksimum darajada foyda olishni istasak, ba`zi mahsulotlarni birga iste`mol qilmagan ma`qul.

Go'shtni to'g'ri iste`mol qilish

Temir yetishmovchiligi muammosi ko'pchilik uchun dolzarb. Bu organizmda temir yetishmaydi, biroq anemiya (gemoglobinning past darajasi) hali kuzatilmaydi, biroq klinik belgilari mavjud: bo'shashish, bosh aylanishi, sochlar to'kilishi, “xotirjam bo'lmagan oyoqlar sindromi”.

Shuning uchun bu mahsulotdagi temir moddasini maksimal darajada o'zlashtirilishini istasak, taomni yeyish vaqtida bir paytning o'zida temirga boy go'sht va kalsiyni aralashtirib bo'lmasligini inobatga olishimiz kerak. Biroq likopchada S vitaminiga boy mahsulotlar, masalan, karam bo'lgani ma`qul. Achchiq choy va qahva ham temir moddasining organizmga singishiga to'sqinlik qiladi.

Bo'tqalarni to'g'ri iste`mol qilish

Agar organizm taomdan muayyan mikroelementlar (sink yoki temir)ni olishini istasak, doni yanchilmagan bo'tqalar yeyish tavsiya etilmaydi. Chunki ular foydali moddalar so'rilishini sekinlashtiradigan fitatlarga boy.

Mahsulotlardagi fitin kislotasini kamaytirish uchun ularni bo'ktirish (fermentlashtirish) lozim. Bu dukkakli, yong'oq va yormalarga tegishli. 10-12 soat davomida iliq suvda fermentlash davomida antifermentlar va fitin kislotasi neytrallashadi. Natijada tarkibidagi vitamin va minerallar organizmga singadigan mahsulotga ega bo'lamiz.

Sabzavot va mevalarni to'g'ri iste`mol qilish

Sabzavot va mevalarda bo'lgan vitaminlar bir-biri va ovqatdagi ayrim moddalar bilan “chiqisha olmydi” degan ma`lumotlar ham bor. Shuning uchun ba`zi vitaminlarni birga iste`mol qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki ular bir-biriga hazm bo'lish jarayonida xalaqit beradi.

Bu faktni isbotlaydigan tadqiqotlar “probirkada” o'tkazilgan. Aslida bu organizmda qanday sodir bo'lishi, bunga qanday ta`sir o'tkazishimiz mumkinligi hozircha tushunarsiz.

Biroq haqiqatan ham qo'limizdan keladigan narsa bu – mahsulotlardan maksimum foyda olish. Buning uchun:

Sabzavot va mevalarni yangi holida iste`mol qilish. Qancha tez bo'lsa, shuncha yaxshi. Uzoq vaqt davomida saqlash foydali moddalarni kamaytiradi. Biroq butunlay yo'q qilmaydi.

Meva va sabzavotlarga kamroq ishlov berish. Termik ishlov berish ham ko'p vitaminlarni kamaytiradi. Shuning uchun brokkolini bir soat davomida gaz duxovkasida qoldirish yaramaydi, yaxshisi bug'da tayyorlagan ma`qul. Aytgancha, agar taom tayyorlashning qaynash turini tanlagan bo'lsangiz, bilingki, vitaminlarning bir qismi sho'rvaga chiqib ketadi.

Sabzavotlarni iste`mol qilishdan biroz avval tayyorlash. Mexanik ta`sir ham vitaminlarga ta`sir qiladi: to'g'ralgan salat qancha uzoq saqlansa, undagi vitaminlar ham kamroq bo'ladi. Eslatib o'tamiz, salatlarni uzoq vaqt davomida saqlash, ovqatdan zaharlanish nuqtai-nazaridan ham xavfsiz emas.

Яндекс.Метрика