У нас есть только
оригинальные песни

Aziz Abduhakimov bosh vazir o'rinbosari etib tayinlandi

calendar 28.05.2018
1075

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning o'rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Aziz Abduhakimov 1974 yilda tug'ilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Яндекс.Метрика