Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonga aslida 2,5 million emas, 200 ming sayyoh kelgan


O‘tgan yillarda O‘zbekistonga har yili 2,5 million sayyoh kelgan, deb hisoblanar edi, chunki Butunjahon sayyohlik tashkilotining metodikasiga ko‘ra, mamlakatga kelgan har qanday xorijlik sayyoh sanaladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi Aziz Abduhakimov tomonidan ma’lum qilinishicha, bu usulda Qozog‘iston, Gruziya, Qirg‘iziston yoki Rossiya kabi malakatlarda sayyohlar soni hisoblanadi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mamlakatlar millionlab sayyohlarni deklaratsiya qiladi. Biroq agar vaziyatga realroq qaralsa, bu oqimning 70—80 foizi qo‘shni mamlakatlardan kelgan mehmonlar bo‘lib chiqadi. Tabiiyki, ular mehmonxonalarda to‘xtamaydi, safarlar esa asosan bir kunlik bo‘ladi.

Qo‘mita raisining aytishicha, mehmonxonada to‘xtab, esdaliklar uchun pul sarflaydigan haqiqiy sayyohlar anchagina kam. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrif buyurgan ana shunday haqiqiy sayyohlar soni 200 ming kishi bo‘lgan.

Qo‘mita rahbari tomonidan qayd etilishicha, statistika ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqilgan va aniq raqamlar asosida real vazifalar belgilab olingan. Shu tariqa turizmdan keladigan real daromadni hisoblash, investitsiyalar, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa masalalar bo‘yicha prognozlar qilish mumkin bo‘ladi.

“Joriy yilda 350 ming sayyohni jalb qilish, 2020-yilga qadar bu ko‘rsatkichni 500 mingga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan”, — deb ta’kidlagan Aziz Abduhakimov.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!