У нас есть только
оригинальные песни

BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish berdi

calendar 26.06.2017
1686

Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan amirliklar yetakchilari va oliy kengash a`zolarini Abu-Dabidagi Al-Batin saroyida Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan qutlagan. Amirlar va kengash a`zolari prezidentga mustahkam sog'liq, BAA xalqi uchun tinchlik-farovonlik tilab qolishgan. Prezident shuningdek valiahd shahzodalar va amirlar o'rinbosarlaridan ham tabrik olgan.  

Shayh Halifa bin Zoid Ol Nahayon 1948 yil 25 yanvarda tug'ilgan. U otasi Zoid bin Sulton Ol Nahayon vafotidan keyin 2004 yilda BAAning ikkinchi prezidenti bo'lgan.

BAA federativ davlat bo'lib, 7 ta amirlik: Abu-Dabi, Ajman, Dubay, Ras-al-Hayma, Umm-al- Kayvayn, Al-Fujayra va Sharjadan tashkil topgan. Ularning har biri mutlaq monarxiya hisoblanadi.

Яндекс.Метрика