У нас есть только
оригинальные песни

BAAda 40 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

calendar 04.03.2018
757

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja amirligida joylashgan 40 qavatli Tiger Tower 3 binosida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

 

 

Yong‘in sakkizinchi qavatda joylashgan xonadonlardan birida kelib chiqdi. Buning sababi hozircha aniq emas.

Qutqaruvchilar barcha istiqomatchilarni evakuatsiya qildi. Yetti kishi jarohat oldi, besh kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tutundan zaharlangan ikki kishi shifoxonaga olib ketildi.

 

Яндекс.Метрика