У нас есть только
оригинальные песни

BAAda Messining pasportini videoga olgan politsiyachi 1 oyni qamoqda o'tkazadi

calendar 01.02.2016
2260

Dubay sudi Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messining shaxsiy hayotiga aralashganlikda ayblanayotgan politsiya xodimi bir oy muddatga ozodlikdan mahrum yetish bo'yicha qaror chiqardi. Bu haqda Agency France Presse axborot agentligi xabar tarqatdi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilning dekabrida Messi YeCA (Globe Soccer Awards) talqini bo'yicha «Yilning yeng yaxshi futbolchisi»ga beriladigan mukofotni qabul qilib olish uchun ushbu mamlakatga kelganida, mazkur politsiyachi uning pasportini videoga olgan.

Politsiyachi videoni internetga joylashtirgan. U «Men bu pasportni yoqib yuboraymikan yoki qaytarib beraymi?» deydi videoda.

Sud bu harakatni o'zganing shaxsiy hayotiga noqonuniy aralashish sifatida baholagan. Biroq politsiyachi aybini tan olmay kelayotgandi.

Яндекс.Метрика