У нас есть только
оригинальные песни

BAAda tijoratchi “1” sonidan iborat mashina raqami uchun 5 mln dollar to‘ladi

calendar 08.06.2016
1491

Birlashgan Arab Amirliklarida tijoratchi Orif Ahmad al-Zaruniy “1” sonidan iborat mashina raqami uchun 18 million dirham (4,9 million dollar) pul to‘ladi. Bu haqda, Gulf News’ga asoslanib, Motor xabar bermoqda.

“Chiroyli” raqamlar Sharjadagi kim oshdi savdosida sotuvga qo‘yildi. Al-Zaruniy ushbu raqamni shaxsan o‘zi uchun sotib olganini va hech kimga sotmasligini ta’kidlab o‘tdi.

“Men kim oshdi savdosiga mana shu raqam uchun maxsus keldim, chunki har doim birinchi bo‘lishga intilib kelganman, boshqa lotlar meni mutlaqo qiziqtirmagan edi”, — tan oldi tijoratchi.

Raqam dastlabki narxdan 18 barobar qimmatga sotildi.

Sharjadagi tadbirga jami 1,3 ming kishi tashrif buyurdi, unda 60 ta atrofida “chiroyli” raqam sotildi, bular orasida “12”, “22”, “50”, “100”, “333”, “777”, “1000”, “2016”, “2020”, “99999” bor. Dastlabki uchta raqamning har biri uchun 500 ming dollardan ortiq haq to‘landi. Sotilgan raqamlarning umumiy qiymati 50 million dirhamni yoki 13,6 million dollarni tashkil etdi.

Яндекс.Метрика