У нас есть только
оригинальные песни

Babayan iste`foga chiqarildi

calendar 07.09.2017
1701

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgani haqida ma`lum qildi.

«Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O'zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma`lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e`lon qilinadi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi o'yinlarda omad tilaydi.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to'xtovsiz ravishda qo'llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turgani uchun milliy terma jamoamiz muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi», deyilgan O'FF sayti xabarida.

Яндекс.Метрика