У нас есть только
оригинальные песни

Bahodir Jalolov ham professional boksga o'tmoqda

calendar 05.03.2018
678

+91 kg vazn toifasida ringga ko'tariladigan bokschi, Uzbek Tigers jamoasi a`zosi Bahodir Jalolov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda sportchining o'zi Instagram‘dagi shaxsiy sahifasida ma`lum qilgan.

Jalolovning yozishicha, u Nyu-Yorkdagi Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Dastlabki jangini esa joriyning yilning aprel oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, o'zbekistonlik boshqa bir bokschi Elnur Abduraimov ham aynan Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganini ma`lum qilgandi. O'shanda Elnur tez orada Bahodir Jalolov ham shu klubga qo'shilishi kutilayotganini bildirgandi.

Яндекс.Метрика