У нас есть только
оригинальные песни

Bahodir Jalolov professional boksdagi debyutini nokaut bilan boshladi

calendar 06.05.2018
955

O'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi. Jalolovning dastlabki raqibi meksikalik Ugo Truxilo bo'ldi.

AQShdagi «Foxwoods Resort Casino» arenasida o'tgan jangning uchinchi raundida Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratib g'alaba qozondi. 

Qayd etib o'tish joiz, Ugo shu kunga qadar professional faoliyati davomida 5ta jang o'tkazib, 4 g'alaba (2 nokaut) va 1 durang natija qayd etgandi. Bu meksikalik bokschining dastlabki mag'lubiyati bo'ldi.

 

Яндекс.Метрика