У нас есть только
оригинальные песни

BAHT IZLAB yohud BAHTLI BO'LISH SIRLARI!!!

calendar 03.05.2011
7606
Qadimda Abdulahad ismli bir yigit bo'lgan ekan. Abdulahadni na yashashga tuzikroq uyi,na bir do'sti,na bir oilasi yo'q ekan. Shuning uchun Abdulahad o'zini dunyodagi eng bahtsiz inson deb hisobkarkan. Bir kuni Abdulahad o'z bahtini izlab yo'lga chiqibdi. Abdulahad yo'lida turli bahtligu bahtsiz insonlarni uchratibdi yo'lini davom ettirayotib bir chashma oldiga kelib dam olish maqsadida tohtasa, chashma oldida ikki oyog'i yo'q hamda ikki ko'zi ko'r odam yig'lab o'tirgan ekan. Abdulahad haligi odamni yoni kelib ey bechora nogiron nega buncha yig'layabsan deb so'rasa. Haligi nogiron ikki oyog'i cho'loq ikki ko'zi ko'r odam shunday javob beribdi. Men bahtli ekanimdan suyunib ollohga shukr aytib yig'layabman debdi. Shunda Abdulahad hayron qolib sen qanaqasiga bahtli bo'lishing mumkun ahir seni ko'zing ko'r oyog'ing cho'loqku debdi. Shunda haligi nogiron odam kulib shunday javob beribdi. Meni aslida ko'zim ochiqlik paytida ko'zim ko'r bo'lgan ekan. Men ko'ra bila turib gunoxlar qilganman. Endi esa meni qalb ko'zlarim ochilgan qalb ko'zim yaxshi yomonni yaxshi ajratadi men shunga bahliman. Oyoqlarim esa hohlasa ham yomon yo'lga yurolmaydi. Bu esa yomon yo'lga yurushdan yaxshiroq men shuning uchun bahtliman bahtli ekanimdan ollohga shukrona aytib yig'layabdan beb javob bergan ekan. Darhaqiqat baht nima o'zi? Baht bu avvalo dunyoga inson bo'lib yaralganimiz. Haqiqiy baht esa biz musulmon bo'lib tug'ilganimizdur. Dunyoni yaxshi yomonini o'z ko'zlarimiz bilan ko'rishiz. Yaxshini yomonga ajrata olishimiz bahtdur. Yaxshimi yomonmi yaqinlarimiz oilamiz ota onamiz do'stu dushmanimiz borligi ham eng katta bahtdur. Garchan sevgimiz armon bo'lgan bo'lsa ham sevganmiz sevilganmiz shuning o'zi baht emasmi? Baht bu to'rt yana muchamiz sog'ligi to'rt faslni ko'rishimiz. Baht bu kimnidur sog'inish kimgadur kerak ekanini his etishdur. Baht bu qushlar sayrashini o'z quloging bilan eshitib. Gullar isini hidlash emasmi? Ishoniy baht aslo boylikda emas. Shunday insonlar borki hamma narsasi yetarli, to'rt muchasi sog'lom bo'la turib ozgina dard tashvish yoki muammo paydo bo'ldimi o'zini eng bahtsiz odamga chiqarib qo'yadi. Shuni bilinki insonda armon bo'lmasligi uchun inson dard kelganda chiroyli sabr qilib o'zini yo'qotmasdan uni yengib o'tishlik insondi vazifasidur. Dardni tashvishni olloh suygan bandasiga beradi shuning uchun kerak bo'lsa shu dardu tashvishlarimiz ham bitta bahtdur. Chunki shu tashvish dardlar bo'lmasa baht va sog'lik qadrini bilmasdik. Ehtimol shu turli tashvishlarsiz hayot ham biroz zerikarli bo'larmidi? Luqmoni Haqimdan so'rashibdi inson bahtli bo'lish siri nimada deb ? Shunda Luqmonu Haqim javob bergan ekan bahtni hech qanday siri yo'q bahtli bo'lish uchun inson eng avvolo bahtliman deb his qilib bahtiga ishonish kerak chunki ishonch insondi iymonidur iymon esa ko'p narsani o'zgartiradi Inson dunyoga bahtli bo'lish uchun kelgan degan ekan. Hurmatli zamondosh sizchi baht haqida nimalarni qo'shimcha qilasiz sizningcha baht nima fikr mulohazalarizi baht ila kutib qolaman va hamma hamma bahtli baht tilab hurmat bilan miranda_89 (barno.)
Яндекс.Метрика