У нас есть только
оригинальные песни

Balki qiziqdir: smayliklar qanday paydo bo‘lgan?

calendar 08.01.2018
1889

Ma’lum bo‘lishicha, quvnoq smayliklarning tarixi olimlarning hazili tufayli dunyoga kelgan. Tarixda ilk marotaba rus-amerika yozuvchisi Vladimir Nabokov qavsdan tabassum o‘rnida foydalanishni o‘ylab topdi. 1969-yilda u «The New York Times» jurnalisti Olden Uitmen bilan intervyuda: «Kulgi-tabassumni bildiruvchi qandaydir tipografik belgini o‘ylab topish kerak», degan edi.

Biz hozir ishlatayotgan smayliklar esa 1982-yil 19-sentabrdan boshlab tug‘ilgan kunini nishonlab kelmoqda. Mazkur tipografik belgini amerikalik Skott Falman taklif etgan.

Amerikalik olimlar jamoasi orasida fleym uslubida, ya’ni bahs bahs uchun muloqoti rivojlangan edi. Muhokama etilayotgan g‘oyalar ahmoqona edi. Shu bois, guruh boshqaruvchisi xavotirga tushadi va ularning hazillarini grafik tarzda ifodalash kerakligini o‘ylaydi. Shu orqali xursandchilik va xafagarchilikni anglatuvchi ikki nuqta, chiziqcha va ikki qavs vujudga keladi. Buni o‘ylab topish uchun Skottning 10 daqiqasigina ketdi va u bu ixtirosi bilan tarixda qolishini o‘ylab ham ko‘rmagan edi.

Яндекс.Метрика