У нас есть только
оригинальные песни

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jahon banki mutaxassislari bilan muzokaralar olib bordi

calendar 09.11.2017
1008

O'zbekiston hukumatining topshirig'iga binoan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jahon bankining ijtimoiy himoya komissiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvdan asosiy maqsad: ijtimoiy himoya sohasida strategik ustuvorlikni muhokama qilish, mamlakatda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi doirasida faoliyatni kuchaytirish va kengaytirish uchun imkoniyatlarni o'rganish, shuningdek, potensial hamkorlik va texnik ko'maklashish sohasida masalalarni ko'rib chiqishdan iborat edi.

Uchrashuvda Jahon banki tomonidan Manuel Salazar, Ihshan Ajvad Oleksiy Sluchinskiy va Tatyana Shin ishtirok etgan bo'lsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan A.Navotnyy, B.Alimuhamedov, O.Razzoqov, E.Muhitdinov, B.Sharapov qatnashdi.

Яндекс.Метрика