loading...

 

Bangkokda Xitoy taqvimiga ko'ra Yangi yilni nishonlash bekor qilindi

Tailand poytaxti Bangkokda Xitoy taqvimiga ko'ra kirib kelgan yangi yil munosabati uyushtiriladigan an`anaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu marhum qirol Pxumipxon Adul`yadetga motam sababli ro'y bergan. U 2016 yilning oktabrida vafot etgandi, deb xabar berdi Bangkok Post gazetasi poytaxtning hududida Chayta-taun bo'lgan Sampxattxavong tumani ma`muriyatiga asosan.

Tailandda vafot etgan qirolga motam 2017 yil oktabr oyi o'rtalariga qadar davom etadi.

Yaovarat (Bangkokdagi Chayna-taunning rasmiy nomi) ko'chasidagi yangi yil tadbirlarini bekor qilish to'g'risidagi qaror Xitoy taqvimiga ko'ra yangi yilni Yaovarat ko'chasida bayram qilishga doimiy tayyorgarlik ko'rish bo'yicha qo'mitaning umumiy yig'ilishida qabul qilindi. Ko'chada odatda tantanali namoyishlar , “ajdarlar” va yangi yil “sher”larining yurishi, kafe va restoranlarda esa barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul mehmondorchilik o'tkazilardi.

Xitoy taqvimiga ko'ra yangi yil “suzib yuruvchi” oy kalendari bo'yicha nishonlanadi. Bu yil esa Tailandda bayram tadbirlari 27 yanvar-2 fevral kunlari bo'lib o'tishi kerak edi. Shu kunlarda etnik xitoyliklarga tegishli bo'lgan barcha korxonalar yangi yil ta`tillari vaqtiga yopiladi. Davlat idoralari va banklar odatiy tartibda ishlaydi.

Bunday yangi yil Tailand poytaxtidagi Yaovarat ko'chasida har yil nishonlanadi. Shuningdek, bayram tadbirlari shaharning boshqa tumanlarida ham o'tkaziladi. Joriy yilda esa motam tufayli barcha joylarda faqatgina mushakbozlik va baland musiqa taqiqlanadi.

Bangkok shahri avvaliga etnik xitoyliklarning savdo qishlog'i sifatida paydo bo'lgan. O'sha paytda Siam qirolligi (Tailandning eski nomi) Ayuttxaya daryosi oqimi bo'ylab yuz kilometr teparoqda joylashgan. Bangkokka poytaxt XVIII asrning oxirida - Ayuttxayaning Siam-Birma urushi vaqtida Birma armiyasi tomonidan tor-mor keltirilganidan so'ng ko'chirilgan.

Manba: kun.uz


Комментарии (0) | Добавить: 24.01.2017

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Afsonaning qaytishi - Nokia 3310
Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi