У нас есть только
оригинальные песни

Bangladeshda nikoh to‘yiga uchib ketayotgan vertolyot adashib qamoqxonaga qo‘ndi

calendar 11.08.2017
1524

Nikoh to‘yiga mehmonlarni olib ketayotgan vertolyot xato tufayli Bangladeshdagi qattiq tartibli Kashimpur qamoqxonasiga qo‘ndi. Bu haqda Dhaka Tribune nashri xabar berdi.

Qo‘riqchilar qamalganlardan birortasi qochishga tayyorgarlik ko‘rayotganini taxmin qilib darhol vertolyotni o‘rab olgan. Qo‘riqchilar uchuvchi va nikoh marosimi qatnashchilarini so‘roq qilgan va keyin ularni qo‘yib yuborgan.

Qamoqxona vakili qoidabuzarlikni tasdiqlagan. Vertolyot Meghna Aviation kompaniyasiga tegishli bo‘lib, kompaniya hodisa uchun rasmiylardan uzr so‘ragan. Uchuvchi esa qo‘nish uchun mo‘ljallangan joy suv ostida qolgani sababli qattiq rejimli hududdan bir kilometrli masofada vertolyotni qo‘ndirganini aytgan.

Яндекс.Метрика