У нас есть только
оригинальные песни

Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda

calendar 26.02.2017
1666

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani qadrlovchi fransuz fuqarolari uning nomzodini Fransiya prezidentligiga qo`yish taklifini ilgari surdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Fransiyalik faollar Parij shahri bo`ylab Barak Obamaning portretlarini ilib, "Obama17" veb-saytiga kirishni targ`ib qilmoqdalar. Mazkur saytda Obamaning nomzodini qo`llab-quvvatlovchi “Obamani ko`ndirish” nomli saylovda ishtirok etib, petisiyaga imzo chekish mumkin. Faollar bir million kishidan imzo to`plashni maqsad qilgan. “Fransiya ahli ommaviy tarzda o`ta reaksioner nomzod uchun ovoz to`playotganda, biz chet ellik odamni prezidentlikka saylab, sayyoramiz ahliga demokratiyadan saboq bermoqchimiz”, deyilgan saytda.

“Bu gaplarning hammasi zo`r jaranglashiga qaramay, bir muammo bor, Fransiya prezidentining millati fransuz bo`lishi lozim. Barak Obama esa fransuz emas”, deb yozdi ABC News nashri.

Faollar guruhining vakili Barak Obama prezidentlik muddatining tugashiga ikki oy qolganda mazkur fikrga kelganliklarini ma`lum qildi.

“Barak Obama fransuz bo`lmasa-da, odamlarga umid berishni niyat qildik”, deb o`z faoliyatiga izoh berdi faollardan biri.

Яндекс.Метрика