У нас есть только
оригинальные песни

Barak Obama Fransiyada amaldagi va sobiq prezidentlar bilan uchrashdi

calendar 03.12.2017
908

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh sobiq prezidenti Barak Obama bilan Parijda uchrashdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

BFM TV telekanaliga ko‘ra, Obamani Fransiya Respublika gvardiyasi ehtirom bilan kutib olgan. Shundan so‘ng Makron va Obama Yelisey saroyida xoli tushlik qilgan.

Shuningdek, Obama Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland bilan ham uchrashgani bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, AQShning sobiq davlat rahbari shu yil may oyida Makron nomzodini Fransiyadagi prezidentlik saylovlari chog‘ida oshkora qo‘llab-quvvatlagandi.

Яндекс.Метрика