AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Britaniya Virgin orollarida hordiq chiqarmoqda. Ular Virgin Group egasi, milliarder Richard Brenson bilan birgalikda dam olishmoqda, deb xabar berdi TMZ nashri. U Oq uy sobiq rahbarining bir qator suratlarini taqdim etdi.
Nashr ma`lumotiga ko'ra, er-xotin Obamalar britaniyalik milliarderga tegishli bo'lgan Nekker oroliga bir hafta avval uchib kelishgan. TMZ tomonidan e`lon qilingan suratlarda Oq uy sobiq yetakchisi qora ko'zoynak va beysbolda turganini ko'rish mumkin. Nashrning ta`kidlashicha, aftidan u yangi prezident Donald Trampning muhojirlik siyosatini kuchaytirish haqidagi farmoni tufayli norozilik namoyishlari bilan qamrab olingan AQShga qaytishga shoshilayotgani yo'q.
31 yanvar kuni Obama Trampga qarshi namoyishlarni qo'llab-quvvatlagani ma`lum bo'ldi. U bu jarayonda ishtirok etayotgan fuqarolar yig'ilish borasidagi o'z konstitutsion huquqlaridan foydalanayotganliklarini ma`lum qilgan. Sobiq prezident ta`kidlashicha, Trampning muhojirlikni cheklash haqidagi qarori Amerika qadriyatlariga katta xavf tug'diradi.