У нас есть только
оригинальные песни

Barbod bo'lgan umr yo'li...

calendar 17.11.2011
3305


Men opamdan keyin juda kech tug'ldim,roppa-rosa 9-yildan keyin. Lekim men onamni ko'ra olmadim,u meni dunyoga olib kelibdi-yu,o'zi esa bu foniy dunyoni tark etibdi.Dadam nafaqa yoshida bo'lsalarda bizga ham ota,ham ona bo'ldi,men 12-yoshga to'lganimda opamni uzatdik.lekin turmushi yahshi bo'lmay 2-bolasi bilan qaytib keldi. Bir kuni opam ishdan kelavermadi.Tungi 2-lar chamasida shifohonadan doktorlar kelib, meni o'zlari bilan olib ketishdi.
Sho'rlik opamning ahvoli og'ir edi, meni qo'llarimni zo'rg'a ushladi va past ovozda gapira boshladi:
 - Ukalaringni boqasan-a?. -Yoq,siz hali tuzalib ketasiz,unaqa demang... - Yig'idan to'htab,menga vada ber!
-Vada beraman.-deyishim bilan, bir-ikki nafas oldi-yu, ko'zlarini yumdi va qaytib ochmadi, dadam ham menga rahm qilmadi,u ham meni tashlab ketdi! Ukalarimni esa qancha urinmayin olib qololmadim, bolalar uyiga olib ketishdi. Men ham ishlab,ham o'qir edim,ukalarimga ham borib turardim, sinfdoshim Nargizaga ko'nglim tushdi, har kuni u bilan muzqaymoq yerdik, bugun ham muzqaymoq eb o'tirgandik, orqamdan bir bola kelib, pivo shishasi bilan boshimga bir tushirdi, keyin 3-4 bola meni urishga tushishdi. Ular Nargizani mendan qizg'anishardi, shu paytda ko'zimga pichoq ko'rindi, bir bolaning naq biqiniga qadadim,shundan beri to'rt devor orasidaman, chiqishim bilan oqiyman, ukalarimni bolalar uyidan olaman. Orzularim ko'p. Barcha hayotimni mana shu bir parcha qog'ozga tushirishga majbur bo'ldim....

ELDAR
Яндекс.Метрика