У нас есть только
оригинальные песни

Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari

calendar 26.02.2017
2621

Uyali telefonlar tarixidagi eng ko‘p sotilgan qurilmalar reytingi bilan tanishing. Ularning nomlari bilan birga, ushbu modellardan butun dunyoda jami nechta sotilgani haqidagi ma’lumot ham keltirilgan.

  1. Samsung E1100 (2009) — 150 millionta sotilgan

Bir marta olgan quvvati 13 kunga yetgan oddiy, qulay va yengil telefon.

  1. Nokia 5230 (2009) — 150 millionta

Nokia inqirozi davri boshida, hali marka o‘z kuchini va muxlislarning sevgisini saqlab turgan vaqtda chiqarilgan.

  1. Nokia 6600 (2003) — 150 millionta

Nokia’ning “oltin davri”dagi smartfon. Boshida u 600 yevro turgan va o‘sha vaqtdagi o‘lchovlar bo‘yicha ulkan 2,16 dyuymli ekran, GPRS, Bluetooth, 104 Mgs protsessor bilan jihozlangan.

  1. Nokia 1200 (2007) — 150 millionta

Birinchi iPhone chiqqan yili Nokia fonarli telefonlarni yaratdi va 150 millionta nusxani sotdi.

  1. Nokia 3210 (1999) — 160 millionta

Yangi ming yillik boshida mashhur bo‘lib ketgan zamonaviy telefon. Ichki antenna, T9 tezkor harf terish va “Ilon” turidagi o‘yinlar to‘plamiga ega ilk mobil telefonlardan biri.

  1. iPhone 6 va iPhone 6 Plus (2014) — 220 millionta

iPhone 6 va ayniqsa, iPhone 6 Plus ekran hajmi borasida oldinga tashlangan katta qadam bo‘ldi.

  1. Nokia 1110 (2005) — 250 millionta

Nokia qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabar yozish mumkin bo‘lgan arzon va oddiy telefon bo‘lish bilan birga, o‘sha vaqtdagi eng oddiy interfeysga ham ega edi.

  1. Nokia 1100 (2003) — 250 milliontadan ortiq

Bu eng mashhur yoki eng zamonaviy telefon bo‘lmasa-da, u 250 million kishiga mobil aloqadan foydalanish quvonchini bag‘ishladi va tarixdagi eng ko‘p sotilgan telefonga aylandi.

Яндекс.Метрика