У нас есть только
оригинальные песни

Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

calendar 12.12.2016
2021


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Hujjatga “Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati” ilova qilingan.

Manba: daryo.uz

Яндекс.Метрика