У нас есть только
оригинальные песни

“Baron” filmi 17 yanvardan katta ekranlarda namoyish etiladi

calendar 14.01.2016
1742

2016 yilning 17 yanvaridan boshlab poytaxtimiz kinoteatrlarida taniqli rejissyor Rustam Sa'dievning “Baron” psixologik dramasi namoyish etiladi.

“O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida “Davr-Premyer” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan ushbu kartinaning premerasi esa 16 yanvar kuni 18.00 da bo'lib o'tadi.

Umumiy byudjeti qariyb 1,5 milliard so'mni tashkil etgan “Baron” 5.1-kanalli Dolby Surround ovozda chiqariladi. Shuningdek, jahon sahnalariga chiqishini hisobga olgan holda O'zbekistonda birinchi marta dunyo standartidagi 4K formatida suratga olingan bo'lib, IMAX kinozallarida tomosha qilishga ham mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Rustam Sa'dievning “Baron” filmida mashhur gollivud aktyori G'asson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy va “Brigada” serialida rol ijro etgan Farhod Mahmudov ham filmda qatnashgan.

Avvalroq esa Kun.uz sayti “Baron” filmi to'g'risida uning rejissyori Rustam Sa'dievdan intervyu olgan edi. Ayni paytda tarmoqda film uchun ishlangan treyler e'lon qilindi.

Яндекс.Метрика