У нас есть только
оригинальные песни

«Barselona» direktori Messi haqidagi gapi uchun ishdan bo'shatildi

calendar 14.01.2017
1051

«Barselona» direktori Pere Gratakosni ishdan bo'shatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Garatakosning ishdan bo'shatilishiga Messi haqida aytgan gaplari sabab bo'lgan. U Lionel Messini jamoadoshlarisiz u qadar kuchli futbolchi emasligini aytgandi.

Garatakos intervyularining birida «Barselona» faqatgina Messidan iborat emas. U juda muhim futbolchi, ammo g'alabani butun boshli jamoa qo'lga kiritdi. Neymar, Suares, Inesta va Pikesiz Messi bu qadar kuchli futbolchi bo'lmagan bo'lardi», degandi.

Klub rasmiy sayti mutaxassisning chetlatilishini quyidagicha izohladi: «Garatakos klub manfaatlariga zid bo'lgan fikrlarini omma oldida aytgani uchun direktorlik lavozimidan chetlatildi».

Яндекс.Метрика