"Barselona" jamoasi Еvropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) talqini bo'yicha Еvropada yilning eng yaxshi klubi deb topildi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar bergan.
ECA raisi Karl-Xaynts Rummeniggening o'zi shaxsan ushbu sovrinni "Barselona" direktori Raul Sanlexiga topshirdi.
"Barselona" o'tgan mavsumda Ispaniyada ham, halqaro maydonda ham omadli ishtirok etdi. Kataloniyaliklar ushbu sovringa ikkinchi marta munosib ko'rilmoqda, birinchisini 2011 yilda qo'lga kiritishgan.
Qayd etish kerakki, bundan oldin bu mukofotga hech aysi klub bir martadan ortiq ega chiqmagandi.