У нас есть только
оригинальные песни

«Barselona» Hotam Bin Arfa uchun kurashga qo'shildi

calendar 06.05.2016
905

Frantsiyaning «Nitstsa» klubi yarimhimoyachisi Hotam Bin Arfa Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. 

France Football nashri bergan xabarga ko'ra, kecha 29 yoshli frantsuz futbolchichisi «Barselona» vakillari ishtirokida dastlabki muzokaralar olib borilgan

Tomonlar tez orada yana bir marotaba uchrashib olish va muzokaralarni davom ettirish bo'yicha kelishib olgan. 

Bin Arfa «Nitstsa» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda yakuniga etadi. Futbolchining jamoa bilan shartnomani uzaytirishi katta so'roq ostida turibdi. Sababi futbolchi kelgusi mavsumda chempionlar ligasida ishtirok etishni istamoqda. 

Futbolchiga shuningdek, «Bavariya», «Chelsi», «Liverpul», «PSJ» va «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirgan.

Яндекс.Метрика