У нас есть только
оригинальные песни

“Barselona” jahon chempioni bo'ldi

calendar 20.12.2015
1815

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Argentinaning “River Pleyt” klubiga qarshi maydonga tushdi. Yaponiyadagi “Nissan” maydonida kechgan bahsda “kataloniyaliklar” yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdagi gollarga Lionel Messi (36’) hamda Luis Suares (49’, 68’) mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” ushbu mukofotni uchinchi marotaba qo'lga kiritib, rekord qayd etdi. Bunga qadar jamoa 2009 hamda 2011 yillarda jahonning eng yaxshi klubi nomiga sazovor bo'lgan edi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati. Final.

River Pleyt (Buenos-Ayres, Argentina) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 0:3

Gollar: Messi, 36 (0:1); Suares, 49 (0:2); Suares, 68 (0:3).

Ogohlantirish: Kranevitter, 10; Ponsio, 32 – Alba, 16; Rakitich, 43; Neymar, 61; Roberto, 72.

 

Яндекс.Метрика