У нас есть только
оригинальные песни

“Barselona” Messiga faoliyatining oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi

calendar 26.11.2016
1244

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Real”ga qarshi bahsdan so‘ng argentinalik hujumchi Lionel Messiga faoliyatining oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif etmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Barselona” rahbariyati klubning oxirgi yig‘ilishida Messi bilan shartnomani har qanday yo‘l bilan uzaytirishga ko‘rsatma berdi. Ta’kidlanishicha, “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu futbolchining otasi Xorxe Messi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Klub prezidenti va Messining otasi o‘rtasidagi uchrashuv 3-dekabr kuni, Madridning “Real” jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Yangi kelishuvning asosiy sharti Messi faoliyatini “Barsa”da yakunlashi bo‘ladi. Messining moliyaviy ehtiyojlari asosiy o‘rin tutmaydi, negaki klub rahbariyati uni saqlab qolish uchun har qancha mablag‘ sarflashga tayyor.

Aytilishicha, Messi vaziyatdan xabardor, ammo yakuniy qarorni hali qabul qilmadi.

Яндекс.Метрика