У нас есть только
оригинальные песни

«Barselona» Messisiz ham g'alaba qozondi

calendar 11.03.2018
1081

«Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turida «Malaga»ni mag'lub etdi. Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida o'tgan uchrashuv mehmon jamoa foydasiga 0:2 hisobida yakunlandi. 

Katalonlar klubining ikkala goli ham 1-bo'limda urildi. Luis Suares hisobni ochdi, so'ngra Filippe Koutino o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. 

Uchrashuvning 30-daqiqasida hakam «Malaga» yarim himoyachisi Sama Garsiyani «Barselona» himoyachisi Jordi Albaga nisbatan qo'llagan qo'polligi uchun maydondan chetlatgan.

Qayd etish kerakki, mehmonlar safida shu kuni jamoa yetakchisi Lionel Messi maydonga tushmadi. U oilasida uchinchi farzand tug'ilishi munosabati bilan o'yinni o'tkazib yubordi.

Endilikda «Barselona» 28 turdan keyin 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Malaga» 13 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi o'rinda qolgan.

Ispaniya Primerasi
28-tur
Malaga – Barselona 0:2 
(0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Suares, 0:2 – 28 Koutino.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Rikka, Samu, Iturra, Lasen, Chori Kastro (Lestenn, 61), Rolan (Saksess, 78), En-Nesiri (Ideyye, 78).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto (Andre Gomesh, 74), Pike, Umtiti, Alba (Din, 77), Rakitich, Buskets, Paulino, Dembele (Aleish Vidal, 85), Suares, Koutino.
Ogohlantirishlar: Iturra (49), Suares (84).
Chetlatish: Samu (30).

 

Яндекс.Метрика