У нас есть только
оригинальные песни

«Barselona» Neymarning narxini tushirishga tayyor

calendar 01.08.2017
1774

«Barselona» rahbariyati Neymarni «PSJ»ga sotishga rozi bo'lgan. 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi yaqin kunlarda e`lon qilinadi. 

Marca nashri xabariga ko'ra, parijliklar yarim himoyachisi Marko Verrattini «ko'k-anorranglilar»ga berishga rozi bo'lsa, kataloniyaliklar Neymarning narxini pasaytirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, braziliya hujumchining shartnomadagi badal puli 222 mln yevroni tashkil qiladi. Bunday miqdordagi pul esa fair play qoidalari buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, soliqlar tufayli bu miqdor 300 million yevroga qadar o'sishi mumkin.  

Bundan avvalroq «Barselona» Italiya terma jamoasi futbolchisini qo'lga kiritishga bir necha marta urinib ko'rgandi, ammo «PSJ» rad javobini bergandi.

Яндекс.Метрика