У нас есть только
оригинальные песни

“Barselona” Primeradagi ketma-ket uchinchi g'alabasiga erishdi va “Real”ga etib oldi

calendar 01.11.2015
1348

"Barselona” Ispaniya Primerasining 10-turida "Xetafe”ni mehmonda yutdi. Uchrashuv "Koliseum Alfonso Peres” stadionida bo'lib o'tdi va 0:2 hisobida yakunlandi. Bu g'alaba  kataloniyaliklarning chempionatdagi ketma-ket uchinchi g'alabaci bo'ldi.

37-daqiqada Luis Suares hisobni ochdi, 58-daqiqada esa Neymar uni 2 to'p farqiga etkazib qo'ydi.

"Barsa” bu g'alabasi evaziga 24 ochko to'plab, ochkolar bo'yicha chempionat peshqadami "Real”ga etib oldi, biroq qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha undan ortda qolmoqda.

"Xetafe” 10 ochko bilan 13-o'rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 10- tur

Xetafe – Barselona  – 0:2

Gollar: Suares, 37 (0:1); Neymar, 58 (0:2).

Яндекс.Метрика