У нас есть только
оригинальные песни

“Barselona” rahbarlaridan biri Luis Enrike Messining talabi bilan ishdan bo'shatayotganini tan oldi

calendar 11.01.2015
4530


"Barselona” jamoasi rahbariyati a'zolaridan biri jamoada ro'y berayotgan muhit haqida ispan nashrlaridan biriga ma'lum qilgan. sport.es nashrida ma'lumot bergan shaxs o'zinining kimligini maxfiy qoldirishni so'ragan. U Lionel Messi va bosh murabbiy o'rtasidagi munosabatlarda rostdan ham taranglik yuzaga kelganini va jamoa ichki muhiti buzilganini tasdiqlagan hamda argentinalik futbolchi jamoa prezidenti Jozep Bartomeudan Luis Enrikeni ishdan bo'shatishni talab qilgani rost ekanini ma'lum qilgan. Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining o'tgan turida "Real Sosedad”ga qarshi o'yinda murabbiy Messini zaxirada qoldirgan hamda jamoa 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Shundan keyin, argentinalik yulduzning jahli chiqib, murabbiyni "o'zgartirishga qaror qildi”. Bu maqsadini amalga oshirish uchun u avvaliga o'zining "Chelsi” jamoasiga o'tib ketishi mumkinligi bilan "qo'rqitdi”, keyin esa, Bartomeuning qabulida bo'lib, unga o'z shartlarini bayon qildi. O'z navbatida, jamoa rahbariyati futbolchini murabbiydan ko'ra qadrliroq bilib, uning yonini olishga qaror qilgan va yangi murabbiy izlashni boshlagan. Demak, bugun "Atletiko”ga qarshi o'tadigan o'yin Luis Enrike murabbiyligida o'tadigan so'nggi o'yin bo'lishi haqiqatga yaqin.
Яндекс.Метрика