У нас есть только
оригинальные песни

“Barselona” Suares bilan shartnomani 2021-yilgacha uzaytiradi

calendar 29.10.2016
1043

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

 

Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, tomonlar ayrim masalalarni kelishib olishi qoldi. 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2021-yilgacha amalda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Suares “Barselona”ga 2014-yili “Liverpul”dan o‘tgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta to‘p kiritdi va 6 ta natijali uzatmani amalga oshirdi.

Яндекс.Метрика