У нас есть только
оригинальные песни

Barselona sudi Messi fondining soliqqa oid qonunbuzarligini aniqlamadi

calendar 15.12.2015
1106

Barselona sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi fondi tomonidan tashkil etilgan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun olgan noqonuniy deya taxmin qilingan daromadlar ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar qilmoqda.

Ishni ko‘rib chiqqan sudya politsiya va guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglab, 2012 va 2013-yillarda Meksika, AQSh, Kolumbiya va Peruda tashkil etilgan ko‘rgazmali o‘yinlar orqali jamg‘arma noqonuniy daromadlar topganini aniqlamadi.

Mazkur o‘yinlarni tashkil etishda ishtirok etgan argentinalik tadbirkor Gilyermo Xavyer Marin 1,37 million dollar miqdoridagi daromad nimaga sarflanganini tushuntirib berdi. Aynan mazkur summa jamg‘armaga nisbatan sud ishining ochilishiga sabab bo‘lgandi.

Яндекс.Метрика