У нас есть только
оригинальные песни

“Barselona” Superkubok uchun “Real”dan alamini oldi va “Santyago Bernabeu”dan yirik g‘alaba bilan qaytdi

calendar 23.12.2017
1051

Ispaniya La Ligasining 2017-yildagi so‘nggi turida ikki azaliy raqib — “Real” va “Barselona” klublari Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida to‘qnash keldi.

Bungacha “Barselona” ortda qolgan 16 ta o‘yinning birortasida ham mag‘lub bo‘lmay, La Liga peshqadami bo‘lib turgandi. Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ketma-ket ikki bor zafar quchgan “Real” esa ichki chempionatda kuchli to‘rtlikni yakunlab turgandi. Ularning o‘zaro o‘yinida kataloniyalik futbolchilarning qo‘li baland keldi.

Luis Suares, Lionel Messi hamda Aleysh Vidal tomonidan urilgan gollarga “qirollik klubi” a’zolari javob qaytara olmadi. 63-daqiqada “Real” himoyachisi Daniel Karvaxal darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytargani uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Shu tariqa “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi ochkolar farqi yangi yilga qadar 14 tani tashkil qiladigan bo‘ldi. Bu esa chempionlik uchun tashlangan asosiy qadam deganidir. Mazkur tur Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” uchun ham omadsiz kelib, Diyego Simeone boshqaruvidagi jamoa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.

Mavsum avvalida “Real” Ispaniya Superkubogi uchun kechgan ketma-ket ikki o‘yinda “Barselona”dan ustun kelgandi. “Kamp Nou”dan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan “Real”, o‘z uyida raqibini 2:0 hisobida taslim qilgandi. “Barselona” mazkur “El-Klasiko”da buning alamini ola bildi.

Ispaniya La Ligasi

17-tur bellashuvlari

23-dekabr, shanba

“Real Madrid” — “Barselona” 0:3

Gollar: Luis Suares, 54 (0:1). Lionel Messi, 64-pen (0:2). Aleysh Vidal, 93+ (0:3).

Chetlatish: Daniel Karvaxal, 63 (R).

“Real Madrid”: Keylor Navas — Rafael Varan, Marselo, Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Mateo Kovachich (Garet Beyl, 72), Kazemiro (Marko Asensio, 72), Luka Modrich, Toni Kroos, Karim Benzema (Nacho, 66), Krishtianu Ronaldu.

“Barselona”: Mark Andre ter Shtegen — Vermalen, Jerar Pike, Xordi Alba, Paulinyo (Andre Gomesh, 84), Serji Roberto (Aleysh Vidal, 90), Serji Buskets, Ivan Rakitich, Andres Inyesta (Nelsen Semedo, 77), Lionel Messi, Luis Suares.

“Valensiya” — “Vilyarreal” 20:15

“Deportivo” — “Selta” 22:30

Яндекс.Метрика