У нас есть только
оригинальные песни

«Barselona» Umtitining transferini rasman tasdiqladi

calendar 12.07.2016
1551

Frantsiyaning «Lion» jamoasi himoyachisi Samyuel Umtiti«Barselona» a'zosiga aylanishi rasman tasdiqlandi.

Kataloniyaliklar klubi ushbu 22 yoshli frantsuzning transferi haqida ma'lum qildi. Еvropa chempionatida ishtirokidan keyin futbolchi Ispaniyaga keladi va tibbiy ko'rikdan o'tib, 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Transfer qiymati 25 million evroni tashkil qilgan. Shartnomada «Barselona» Umtitini 60 million evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin bo'lishi keltirilgan.

Futbolchi Kataloniya poytaxtiga 15 iyul kuni kelishi va uning rasmiy taqdimoti o'tkazilishi belgilangan. 

Qayd etish kerakki, Umtiti kataloniyaliklar jamoasi keyingi 8 yil ichida xarid qilingan beshinchi futbolchi bo'ldi. Bungacha Martin Kaseres (2008), Dmitri Chigrinski (2009), Tomas Vermalen (2014) va Jeremi Matyo (2014) sotib olingandi.

Яндекс.Метрика