У нас есть только
оригинальные песни

“Bavariya” himoyachisi Jerom Boateng Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi

calendar 17.12.2015
2268

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Boateng Bundesligada mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Jerom Germaniya chempionatida 2012-yilning 3-noyabridan 2014-yilning 19-dekabriga qadar jamoasi safida maydonga tushgan 56 ta o‘yinda yutqazmagan.

Avvalroq “Bavariya”ning boshqa futbolchisi — hujumchi Robert Levandovski Ginnesning Rekordlar kitobiga kirib, 4 ta sertifikatni olgandi: eng tezkor xet-trik (3 daqiqayu 22 soniya), eng tezkor poker (5 daqiqayu 42 soniya) va eng tezkor penta-trik (8 daqiqayu 59 soniya) va zaxiradan maydonga tushib, Bundesliganing bitta o‘yinida eng ko‘p gol urgan futbolchi (5).

Яндекс.Метрика