У нас есть только
оригинальные песни

Bayram tabrigi! (Yoshlar.tv jamoasi nomidan)

calendar 01.09.2012
2517
   

                  Meni ismim Munira.Men O’zbekiston deb atalmush yurtda tug’ilganman.Vatanimni juda yaxshi ko’raman.Vatanim uchun xech ikkilanmasdan jonimmi bervoraman.vatanga bo’lgan muhabbat jonimizga,qonimizga robbim tomonidan singdirilgan bo’ladi.Bugun O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 21 yil to’ldi.mana shu 21 yil ichida ona yurtimda juda katta o’zgarishlar bo’ldi.Vatanimiz tanib bo’lmas darajada o’zgardi.Hammasi prizdentimiz Islom Karimovni sharofatlari bilan.Shu kungacha yetish uchun prizedentimiz qanchadan qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirmadila.Ollohga shukur yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo.Biz yoshlar prizdentimiz Islom Karimovga tazimdamiz!Ulardan o’rnak olib vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilamiz!Xar safar Vatanimiz xaqida biror narsa yozmoqchi bo’lsam xayajondan yuragim tez urib qo’llarim qaltiraydi,vatanimiz xaqida jo’shib gapirsam ko’zimga yosh keladi.Menimcha bu ona vatanimga bo’lgan mexr bo’lsa kerak.Ona vatanim bilan faxirlanaman!

 

Buyuk insonlarimizni vatan xaqida aytgan so’zlariga quloq tutaylik!

 

Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.

F. SKORINA

 

Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqotish demakdir.

A. N. TOLSTOY

 

Kim xalq bilan uning qayg‘usini bab-baravar bo‘lishib olmasa, uning shodlik bayramida o‘zini xo‘rlangan his etishi shubhasizdir.

L. M. LEONOV

 

Kimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir xayolga borsa, — ozod davlatda yashashga haqli emas.

F. KLINGER

 

Inson hammadan avval o‘z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo qilgan grajdanindir.

V. G. VELINSKIY

 

Saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.

J.J. RUSSO

 

Vatanparvar — o‘z vatani kamoloti yo‘lida, o‘z xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o‘zini qurbon qiluvchi insondir.

M. OXUNDOV

Vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyati juda katta, bu kishini bashariyat haqidagi g‘oyalar bilagt ulg‘aytiradigan maktabdir.

M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN

 

Vatan g‘oyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fggkr uyg‘otadi, nopok kishilarni esa, agar vatan g‘oyasi bo‘lmaganda qplishlari aniq bo‘lgan ko‘pgina qabihliklardan saqlaydi.

M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN

 

Vatan g‘oyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek xos bo‘lmog‘i zarur, binobarin, bu g‘oyani chinakam his etgandagina kishi o‘zini grajdan deya hisoblashga haqlidir.

M. Ye. SALT IKOV-SHCHEDRIN

 

Vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qaerda, har qanday vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.

V. G. BELINSKIY

 

Kim bo‘lishdan qat’iy nazar, uning vatanparvarligi so‘zi bilan emas, ishi bilan isbot qilinadi.

V. G. BELINSKIY

 

Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir.

V. A. SUXOMLINSKIY

 

Vatanga nafi yo‘q yashalgan har kun, inson hayotida qolur bemazmun.

M. SALMON

 

Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.

M. ROBESPVER

 

Olimaqom vatanparvarlik — vatan farovonligi yo‘lida benihoya jonbozlikdir.

N. G. CHERNISHEVSKIY

 

Vatanga muhabbat mavhum tushuncha bo‘lmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir.

A. N. TOLSTOY

 

Sof vijdonli kishida vatanparvarlik o‘z vatatti foydasiga mehnat qilish inttiyoqidan bosh-qanarsa bo‘lmasligi kerak va bu boshqa biron narsadan emas, balki iloji boricha ko‘p va xo‘b ezgu ishlar qilish istagidan kelib chiqadi.

N. A. DOBROLYUBOV

 

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma’rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov tushayotgan narsalarga qahrltg bo‘lmoqlikdir.

N. A. NEKRASOV

 

Vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir.

N. G. CHERNISHEVSKIY

 

Bayram muborak azizlarim!

Яндекс.Метрика