У нас есть только
оригинальные песни

Bazi bir sayt adminchalari va lox internet foydalanuvchilari uchun!

calendar 04.12.2012
9689


Hozirgi kunda kelib O'zbekistonda ham internet saytlari soni kundan-kunga ko'payib ketmoqda.Internet olamini rivojlanishi natijasida hozirda istalgan kompyuteri va internet tarmog'iga ulanish imkoni bo'lgan odam web sayt ochishi mumkin.Bu bir tarafdan yaxshi bo'lsa, ikkinchi tarafdan juda ham salbaiy oqibatlarga olib kelmoqda.Yaxshi tarafi shundaki yaxshigina jurnalistika, ijodkorlik  qobilyatiga lekin TV, radio, gazetalarda ishlashga imkoniyati bo'lmagan yoshlarimiz  internet olamida o'z iqtidorlarini sinab ko'rishlari mumkin.Yomon tarafi shundaki shou-biznesga umuman aloqasi bo'lmagan odamlar ham osongina web sayt ochvolib bo'lar-bo'lmas mish-mishlarni tarqatishmoqda.Xo'p sayt ochish va uni boshqarishga qiziqsang saytingga o'zing biladigan narsani yoz.Masalan qanaqadir hikoyalar, sherlar va foydali ma'lumotlar yozish mumkinu.Nima qilasan shou-biznesga aralashib, folbinga o'xshab fol ochib, kimnidir nohaq o'g'riga chiqarib yoki nohaq ayblab.Man eng achinadigan tarafim, nahotki o'zbek internet foydalanuvchilari shunchalik axmoq, kim nima yozsa ishonib ketaverishadi.Nahotki sayt bilan saytni, to'g'ri va no't'g'ri ma'lumotni  farqiga borishmaydi.Oxirgi kunlada qaysi havaskor sayga kirsam topvogan gapi "Ummon o'g'ri".
Undan ham yomoni Ummon guruhiga umuman tegishli bo'lmagan qo'shiqlarni Ummon nomi bilan tarqatishyapdi.Xo'sh san Ummoni o'g'rilikda ayblayapsan, bu gapinga javob bera olasanmi.Hech qachon javob berolmisan.Avvalambor biror bir xabarni oxirigacha aniqlamay turib u haqda maqola yozish axmoqni ishi.Xo'sh Ummon guruhi muhlislariga yangi qo'shiqni taqdim etishi bilan, oradan 15-20 kun o'tib bazi bir saytla bu qo'shiqni Ummon o'g'irlagan deya xabar tarqata boshlaydi.O'sha yolg'on ma'lumotni tarqatayotgan sayt adminlarini asosiy maqsadi saytiga yana ham ko'proq odamni jalb qilish.Yani piar qilish.E'tibor berganl bo'lsangiz o'g'irlangan deya ma'lumot berilgan Ummon qo'shiqlari qozoq, turkman, qirg'iz  tillarida kuylangan.Agar normalni fikrlaydigan odam bo'lsa, Ummon guruhi qo'shiq o'g'irlagan taqdirda ham bu davlat xonandalarini qo'shiqlarini o'g'irlamaydi degan fikrga keladi.Chunki bu davlatlarda normalni qo'shiq aytadigan xonandalar juda kam.Aksincha u manlakatlarda yashaydigan yoshlar Ummon qo'shiqlarini sevib eshitishadi.Buni ispoti Ummon guruhi Qozog'istonda bir necha marta shov-shuvli konsert dasturlarini taqdim etgan.Demak Ummonmas, aksincha ula Ummondan o'g'irlab yoki ko'p hollardan aynan Ummon qo'shiqlarini o'zlarinig tillarida kuylashdi.Sababi Ummon guruhiga havas qilishadi.O'zga millat vakillari o'zlarini tillarida kuylagan Ummon qo'shiqlari taqdir taqazosi bilan bazi bir sayt adminlarini qo'liga tushiq qoladi va o'sha sayt aminchalari  bundan o'zlaring qora maqsadlari yo'lida foydalanishadi, yani Ummoni guruhini qo'shiq o'g'rilaganlikda ayblashadi.Shaxsan mani o'zimga Qozog'iston, Turmaniston,Qirg'izistonlik yosh xonandalar mumkin bo'lsa Ummon guruhidan so'rab bering, biza ularning qo'shiqlarini o'zimning tilda kuylamoqchimiza qarshililari bo'lmasa deyishgan.Shunday ekan bazi bir sayt adminchalari sodda xalqimizni yolg'on malumot bilan aldab nima qilasan.Nima saytingni reytingini ko'tarishni boshqa yo'lini topolmadingmi?Hurmatli internet foydalanuvchilari, sizlar ham to'g'ri kelgan sayt yozgan ma'lumotlarga ishonib, aldanib axmoq bo'b yurmasliglarizni iltimos qilgan bo'lardim.
Man bilgan Ummon guruhing bitta o'g'irlangan qo'shig'i bor.Uni ham 100% o'g'irlanmagan, faqat azgina notalari o'xshab qolgan.Bu qo'shiq nomi "Qanday Unitding".Agar bu qo'shiqni ikkalasini  bir vaqtda tinglasangiz ular orasida ancha farq borligini sezasiz.Guruhning qolgan barcha qo'shiqlari ularning o'ziga tegishli.Bunga 100% javob bera olishadi.
Ana endi xulosa qilish o'zlaringdan...
Kim o'g'riyu, kim haqiqiy mashhur?




Яндекс.Метрика