У нас есть только
оригинальные песни

Beeline abonent to'lovi narxini oshirmaydi

calendar 30.06.2017
1596

Eng yirik aloqa operatori Beeline 2017 yilning 1 iyul kunidan abonent raqamidan foydalanish uchun to'lov 2000 so'mdan 2750 so'mga oshirilishiga qaramay, kompaniya mijozlari uchun abonent to'lovi avvalgi darajada saqlanib qolishi haqida xabar berdi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: "Bu joriy yilda ikkinchi marotaba narxlarning oshirilishidir, shunga qaramay, biz bu og'irlikni abonentlarimiz yelkasiga yuklash rejamizda yo'q. Bizga ham OAV, ham ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu tarif rejalarimizga ta`sir ko'rsatmaydimi, degan savol bilan murojaat qilmoqdalar. Mijozlarni xotirjam qilmoqchiman: faqat Beeline uchun ikkinchi yarim yillikda qo'shimcha xarajatlar miqdori o'nlab milliard so'm mablag'ni tashkil etganligiga qaramay, 1 iyuldan abonent to'lovi avtomatik tarzda oshirilmaydi”.

Eslatib o'tamiz, abonent raqami uchun 2012 yilning 1 yanvar kunidan joriy qilingan edi. Avvaliga uning miqdori oyiga 400 so'mni tashkil etgan edi. 2016 yilda mobil operatorlar abonent raqami uchun 1500 so'm to'laganlar. Shunday qilib, to'lov miqdori yildan yilga nisbatan 83 foizdan yuqori miqdorga oshgan.

Яндекс.Метрика